Автокредит 0 фоиз

На этой странице предлагаем ознакомиться с полной информацией по теме: "Автокредит 0 фоиз". Здесь собраны и структурированы тематические данные. При возникновении вопросов можно обратиться к дежурному юристу.

“Asaka” banki avtokredit berishni boshladi

Avtokredit muddati jismoniy shaxslar uchun 3 yilni tashkil etadi. Kreditning stavka foizlari dastlabki to‘lov miqdoriga bog‘liq.

  • Mashina narxining 35 foizigacha — yillik stavka 18 foiz;
  • Mashina narxining 45 foizigacha — yillik 17 foiz;
  • Mashina narxining 45 foizdan yuqorisi — yillik 16 foiz;
  • Boshlang‘ich to‘lovsiz — yillik 23 foiz.

Kreditni to‘lashda 3 oy imtiyozli davr mavjud. Bunda to‘lovchi 3 oy mobaynida faqatgina foizlarni to‘lab, asosiy qarzni to‘lamaydi.

Bundan tashqari yosh oilalarga (er-xotinning har birini yoshi o‘ttizdan oshmagan bo‘lishi kerak) avtomobil sotib olishda 9 foiz svatkali kreditlar taqdim etiladi. Faqatgina ular avtomobil narxining 25 foizidan kam bo‘lmagan to‘lovini amalga oshirishlari lozim.

Avtokredit olish uchun banklarning talabi:

  1. Pasportning asli va uning kseronusxasi;
  2. Yashash joyidan ma’lumotnoma;
  3. Ish joyidan so‘nggi 12 oy bo‘yicha daromad ma’lumotnomasi (lavozimi ko‘rsatilgan holda va ish beruvchining nomi hamda STIRi)
  4. Kredit oluvchining STIRi (INN) hamda shaxsiy pensiya jamg‘armasi hisobi daftarchasining (INPS) nusxalari (INPS saqlovchi bankning kodi);
  5. Avtosalon bilan shartnoma.


Источник: http://www.uz-avto.ru/blog/article/asaka-banki-avtokredit-berishni-boshla-1712

Компания GM Uzbekistan объявила автокредитование без первоначального взноса

В компании GM Uzbekistan объявили об автокредитовании без первоначального взноса, — об этом сообщают источники UPL. Отмечается, что кредиты на автомобили без первоначального взноса можно получить в банках «Равнак банк», «Ориент Финанс Банк» и «Туркистон банк».

По имеющимся данным, данные кредиты выдаются на 60 месяцев и годовая ставка будет примерно 24-28 процентов. Кроме того, чтобы получить данный кредит необходим залог, который должен быть дороже автомобиля на 125 процентов.

К примеру, если вы хотите купить Nexia 3 LT (2-поз.), то вы можете получить кредит в «Равнак банк» на 5 лет с годовой ставкой 26 процентов. Каждый месяц будет необходимо платить 2,6 миллионов сумов для погашения кредита.

Источник: http://upl.uz/obshestvo/8675-news.html

2019 yil iyun oy >

Spot 2019 yil yanvar oyidan buyon O‘zbekiston banklarida avtokreditlar berilish shartlari qanday o‘zgarib borganini kuzatuv ostiga oldi.

2019 yil yanvar oyida Spot O’zbekiston banklaridagi avtokreditlar bo’yicha ma’lumot bergan edi. O’shanda 2018 yil kuzgi kuzatuv bilan taqqoslaganda juda ko‘p o‘zgarishlar (ba’zi banklarda avtokredit berish to’xtatildi, shartlar va foiz stavkalari o‘zgardi) bo’lgani ma’lum qilindi.

Fevral oyida Markaziy bank regulyator yangi avtomobillarni sotib olish uchun kredit berishda banklarni cheklamagani, biroq bunday banklarning ustav kapitaliga qo’shimcha talablar joriy qilgani (chunki bu kabi kreditlarni yuqori xatarli deb hisoblaydi) ma’lum bo’ldi.

“Avtokredit berishga to’g’ridan-to’g’ri ta’qiq yo’q. Biz avtokreditlar bo’yicha xatar darajasini oshirdik, shuning uchun banklarga talablarni kuchaytirdik. Biz bu masalaga makroiqtisodiyot nuqtai nazaridan yondashishimiz kerak. Yangi avtomobillarni xarid qilish uchun kreditlash rivojlanayotgan paytda biz ikkilamchi bozorni o’ldiramiz”, deya izoh bergan edi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.

Bugungi kunga kelib avtokredit bozorida ko’p o’zgarishlar bo’ldi: ayrim banklar yana avtokreditlar berishni boshladi, ba’zilari to’xtadi, shartlar o’zgardi.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

O‘zbekiston milliy banki

Foiz stavkasi — 28%. Kreditning maksimal miqdori — 70%gacha, boshlang‘ich to‘lov — 30%. Garov sifatida avtomobilning o‘zi qo‘yiladi. Kalkulyatsiya bor.

“O‘zsanoatqurilishbank”

Bu yerda yengil avtomobillarni xarid qilish uchun EKIHning 1000 barobarigacha bo‘lgan hajmda 12 oy muddatga kredit olish mumkin. Foiz stavkasi — 30%. Saytda kalkulyatsiya mavjud.

“Turonbank”

Kreditlar yillik foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqadi. Agar to‘lov miqdori 25%dan to 35%gacha bo‘lsa, u holda stavka 30%, agar 35−50% bo‘lsa, unda 28%, agarda 50%dan ko‘p bo‘lsa, u holda 26%.

Shuningdek, avtokredit 1 yil muddatga (uzaytirish huquqisiz) 35% boshlanng‘ich badal shakllantirilgan holda yillik 25% stavkada ajratiladi.

“Aloqabank”

Kreditlar yillik foiz stavkasi muddatdan kelib chiqadi:

  • to‘lov 30% — 1 yilgacha, 26% yillik;
  • to‘lov 30% — 1−2 yilgacha, 27% yillik;
  • to‘lov 30% — 2−3 yilgacha, 28% yillik;

“Ipak Yo‘li” banki

Kreditni 36 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 25% ni tashkil etadi, foiz stavkasi — 23,8%. Kreditning maksimal miqdori — 250 mln so’m.

“Asia Alliance Bank”

Kredit avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 75% miqdorida beriladi. Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lovdan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, agar to‘lov 25%dan 49%gacha bo‘lsa, unda stavka 27%ni tashkil etadi. Agar to‘lov 50%dan 74%gacha bo‘lsa, unda stavka 26% bo‘ladi, agarda 75% va undan yuqori bo‘lsa, u holda 25%ni tashkil etadi.

“InfinBANK”

Kredit 12 oygacha muddatga beriladi, foiz stavkasi boshlang’ich to’lovdan kelib chiqib belgilanadi:

  • to‘lov 25% bo’lganda stavka — 29%;
  • to‘lov 40% bo’lganda stavka — 28%;
  • to‘lov 50% bo’lganda stavka — 27%.

“Davrbank”

Kreditlar 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Foiz stavkasi boshlang’ich to’lovdan kelib chiqib belgilanadi:

  • to‘lov 50% bo’lganda stavka — 18%;
  • to‘lov 40% bo’lganda stavka — 23%;
  • to‘lov 35% bo’lganda stavka — 26%.

“Ravnaq-bank”

Kreditlar 1 yildan 3 yilgacha beriladi. Foiz stavkasi 30%, 1 yilgacha 28%, uch yilgacha — 32%. Kredit miqdori cheklanmagan.

“Ipoteka-Bank”

Foiz stavkasi 25%. Summasi va miqdori oldingidek qoldi — EKIHning 700 barobarigacha. Kredit 1 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang’ich to’lov — 30%.

“Orient Finans” bank

Avtokreditlar 300 milliondan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 4 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Stavka boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq: 25% bo‘lsa, stavkasi 28%, 40% bo’lganda — 27%, 50% va undan ko‘p bo‘lsa — 26% bo‘ladi.

“Hamkorbank”

Kredit 24 oygacha beriladi. Qolgan shartlar oldingidek — EKIHning 1000 barobarigacha, minimal 30% boshlang‘ich to‘lov, minimal foiz stavkasi 30%. Ikkilamchi bozor avtomobillari uchun shartlar boshqacharoq.

Источник: http://www.spot.uz/oz/2019/06/26/avtokredit/

“AvtoHamkor 0 foiz”dan avtokreditlar davom etmoqda!

Aziz yurtdoshlar bizning “AvtoHamkor 0 foiz” kompaniyamiz hozirgi kunga kelib biz bilan shartnoma qilgan ko‘plab yurtdoshlarimizga o‘z avtomobillarini yetkazib berib kelmoqda. Kompaniyamiz taqdim qilayotgan avtokreditlar 0% stavkada bo‘lib, biz bilan shartnoma imzolaganingizda kompaniya hisobiga tarif bo‘yicha xizmat haqi uchun to‘lov amalga oshiriladi.

Читайте так же:  Долговые обязательства между физическими лицами

Hozirgi kunda ba’zi bir avtokredit beruvchi kompaniyalarga nisbatan jinoiy ish ochilgani yoki ularning yopilgani haqida ko‘plab xabarlar tarqalmoqda. Bizning kompaniyamizga bu xabarlarning aloqasi yo‘q, biz o‘z mijozlarimizning ishonchini qozonish va ularga a’lo xizmatlar ko‘rsatishga intilmoqdamiz va xizmat ko‘rsatib kelmoqdamiz.

Hozirgi kunga kelib ko‘pgina mijozlarimizga o‘z avtomobillarining kalitlarini topshirib ulgurdik. Bular qatorida so‘nggi kunlarda Customs Consult Service firmasiga Cobalt hamda hamyurtlarimiz Boynazarov T. ga Cobalt, Umrzakova Yu.ga Nexia, Mamasaliyev M.ga Cobalt rusumli avtomobil kalitlarini topshirdik.

Siz ham avtomobil olish istagidamisiz? Unda bizga murojaat qiling o‘z avtomobilingiz sohibiga aylaning.

Shoshiling avtomobillar soni chegaralangan. “AvtoHamkor nol foiz” sizning ishonchli hamkoringiz!

Murojaat uchun telefon: +99 895 340 44 77 (telefon raqamlarimiz faqat ish vaqtida ishlaydi)

Bizning manzil: Toshkent shahri Chilonzor tumani, “Chilonzor” metro, Integro SM 1-qavat, 116-xona.

Ish vaqti: Dushanbadan – Jumagacha, 09:00 – 17:00

Источник: http://daryo.uz/2019/11/01/avtohamkor-0-foizdan-avtokreditlar-davom-etmoqda/

Eng past yillik % foizlik avtokredit olishni xohlaysizmi?

GM Uzbekiston AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun yangi, markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasidan sezilarli darajada farq bo’lmagan avtokredit olish imkoniyati mavjud. Bugunga qadar Orient Finans Bank tomonidan taqdim e’tilgan avtokredit 20% foiz stavkalari bilan mijozlarni jalb qilib kelmoqda edi, endilikda esa InfinBank yillik stavkasi 16% dan avtokredit ajratmoqda, batafsil ma’lumot uchun infin bank ning rasmiy veb saytidan ko’rishingiz mumkin.

Infin bank tomonidan taqdim e’tilayotgan avtokredit haqida qisqacha ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.

• Boshlang’ich to’lov 25% — 4-yilgacha, 24% yillik stavka;
• Boshlang’ich to’lov 40% — 4-yilgacha, 22% yillik stavka;
• Boshlang’ich to’lov 50% — 3-yilgacha, 20% yillik stavka;
• Boshlang’ich to’lov 50% — 2-yilgacha, 18% yillik stavka;
• Boshlang’ich to’lov 60% — 1-yilgacha, 16% yillik stavka.

E’tiboringiz uchun tashakkur. Bizni kuzatib boring

Источник: http://www.uz-avto.ru/blog/article/eng-past-yillik-foizlik-avtokredit-oli-0523

2019 yil oktyabr oy >

Bugungi kunga kelib avtokredit bozorida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi: bir qator banklar avtokreditlar berishni to‘xtatdi, shartlar o‘zgardi, foiz stavkalari oshirildi.

2019 yil yanvar oyida Spot O‘zbekiston banklaridagi avtokreditlar bo‘yicha ma’lumot bergan edi. O‘shanda 2018 yil kuzgi kuzatuv bilan taqqoslaganda juda ko‘p o‘zgarishlar (ba’zi banklarda avtokredit berish to’xtatildi, shartlar va foiz stavkalari o‘zgardi) bo‘lgani ma’lum qilindi.

Iyun oyida esa ayrim banklar yana avtokreditlar berishni boshladi, ba’zilari to‘xtatdi, shartlar o‘zgardi.

Bugungi kunga kelib avtokredit bozorida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi: bir qator banklar avtokreditlar berishni to‘xtatdi, shartlar o‘zgardi, foiz stavkalari oshirildi.

Foiz stavkalari baland bo‘lsa-da, aholining avtokreditga bo‘lgan ehtiyoji ham yuqoriligicha qolmoqda.

Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash bo‘yicha o’tkazilgan so‘rovda aholining kreditga bo‘lgan munosabati o‘rganilganda respondentlarning 21%i avtomobil kreditidan foydalanish niyatida ekanligini bildirdi.

Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

“Ipak Yo‘li” banki

Kreditni 36 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 40%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 23,8%ni tashkil etadi. Kreditning maksimal miqdori avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi.

“Asia Alliance Bank”

Kredit 25% miqdorida boshlang‘ich badal to’lanishi sharti bilan avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 75% miqdorida beriladi. Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lovdan kelib chiqib belgilanadi:

  • 25%dan 49%gacha — 27%;
  • 50%dan 74%gacha — 26%;
  • 75% va undan yuqori bo‘lsa, u holda 25%ni tashkil etadi.

“InfinBANK”

Kredit 12 oygacha muddatga beriladi, foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lovdan kelib chiqqan holda 30−38%ni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov 25%dan boshlanadi.

“Davrbank”

Kreditlar 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lovdan kelib chiqib belgilanadi:

  • to‘lov 50% bo‘lganda stavka — 18%;
  • to‘lov 40% bo‘lganda stavka — 23%;
  • to‘lov 35% bo‘lganda stavka — 28%.

“Ravnaq-bank”

Kreditlar 1 yildan 3 yilgacha beriladi. Boshlang‘ich to‘lov 30%ni tashkil etadi. Foiz stavkasi — 1 yilgacha 28%, uch yilgacha — 32%. Kredit miqdori cheklanmagan.

“Ipoteka-Bank”

Foiz stavkasi 30%. Kredit summasi — EKIHning 700 barobarigacha. Kredit uch oylik imtiyozli davr bilan 1 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

“Orient Finans” bank

Avtokreditlar 300 mlndan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 4 yilgacha muddatga beriladi. Stavka boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq: 25% bo‘lsa, stavkasi 28%, 40% bo’lganda — 27%, 50% va undan ko‘p bo‘lsa — 26% bo‘ladi.

“Hamkorbank”

Kredit 36 oygacha beriladi. Miqdori — EKIHning 1000 barobarigacha. Minimal boshlang‘ich to‘lov va foiz stavkasi 30%ni tashkil etadi.

Источник: http://www.spot.uz/oz/2019/10/09/avtokredit/

Автокредит 0 фоиз

14 октябрь куни Ички ишлар вазирлиги Тергов департаменти «Avto oltmish oy» МЧЖ мансабдор шахслари ва бошқаларга нисбатан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 188-1-моддаси 1-қисми, яъни пул маблағларини ва бошқа мол-мулкни жалб этишга доир ноқонуний фаолиятини текшириш мақсадида жиноят иши қўзғатганди.

Кўп ўтмай ижтимоий тармоқларда «Avto oltmish oy» МЧЖ вакиллари ва мижозлари томонидан жамият раҳбари Жамшид Баҳодировни озод қилиш тўғрисида видеомурожаатлар пайдо бўлди. Ҳолатга ойдинлик киритиш мақсадида Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги тергов департаменти бўлими бошлиғи Азизбек Долиходжаев билан суҳбатлашдик. Маълум бўлишича, МЖЧ 17 минг одам билан автомобиль олиб бериш бўйича шартнома тузган, бу одамлардан 40 миллиард сўмга яқин маблағ йиғиб олинган, Жамшид Баҳодиров эса бу пулларнинг 3,6 миллиард сўмдан ортиқ бошқа мақсадларда ишлатиб юборган.

«UzAuto Motors» компаниясининг Ички ишлар вазирлигига йўллаган мурожаати юзасидан вазирлик ҳузуридаги Тергов департаменти томонидан «Avto oltmish oy» масъулияти чекланган жамиятининг мансабдор шахслари ва бошқаларга нисбатан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 188-1-моддаси 1-қисми, яъни пул маблағларини ва бошқа мол-мулкни жалб этишга доир ноқонуний фаолиятини текшириш мақсадида жиноят иши қўзғатилган.

Жиноят иши юзасидан олиб борилаётган дастлабки тергов ҳаракатлари давомида фуқароларнинг мол-мулкини жиноий тажовуздан ҳимоялаш ва «Avto oltmish oy» масъулияти чекланган жамиятининг фаолияти шаффофлигини ўрганиш мақсадида, молия-хўжалик фаолияти ҳужжатли тафтиш ўтказиш йўли билан текширилади.

Читайте так же:  Как правильно завизировать заявление об увольнении

Айни вақтда «Avto oltmish oy» масъулияти чекланган жамиятининг бош офиси ва вилоятлардаги филиалларида мавжуд бухгалтерия ҳужжатларини аниқлаб олиш мақсадида тергов гуруҳлари томонидан тинтув-тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Аниқланишича, май ойида ташкил этилган жамият октябрь ойига қадар 40 миллиард сўмга яқин пул маблағларини кирим қилган. Бу пуллардан жами 9 миллиард сўмдан ортиқроқ сумма 130та автомобиль учун ўтказилган. Бирламчи бухгалтерия ҳужжатларига кўра, Жамшид Баҳодиров жамиятнинг 2 миллиард сўмга яқин маблағини нақд пул кўринишида кассадан ечиб олган ва шахсий эҳтиёжлари учун ишлатиб юборган. Якка тартибдаги тадбиркор сифатида очган фирмасига 1,6 миллиард сўмга яқин пул маблағларини ҳам ўтказган. Бу шубҳа уйғотади. 17 минг нафар фуқаро олдида машина бериш бўйича шартномаси турганда 3,6 миллиард сўм маблағлар қай мақсадларда ишлатилган?

Жамшид Баҳодиров шахсига тўхталадиган бўлсак, у 1996 йилда туғилган. 2014 йилда жиноят ишлари бўйича Тошкент шаҳар Шайхонтоҳур туман суди томонидан 164-моддаси, яъни босқинчилик жинояти бўйича суд ҳукми билан айб эълон қилинган.

Жамият мижозлардан навбатда туриш бўйича флаерлар сотиб пул маблағларини шакллантирган. Табиийки, 3 миллион сўм, 5 миллион сўм автомобиль сотиб олишга етмайди. Бунда кейинги мижознинг пулини кутишга тўғри келади. Тушган 24,6 миллиард сўмга фақатгина 310та автомобиль харид қилиш мумкин. Аслида 17 мингга яқин мижозга автомобиль етказиб бериш керак. Уларнинг олдидаги мажбуриятини бажара олмаслиги кўриниб турибди.

Шу билан бирга, тадбиркорлик субъектининг назорат кирим-чиқим операциялари назоратга олинади, лекин фаолияти тўхтатиб қўйилмайди.

Тафтиш якунига кўра, мазкур жамият мансабдор шахслари ва бошқаларнинг ҳаракатларига ҳуқуқий баҳо берилиб, жиноят иши бўйича якуний қарор қабул қилинади.

Жиноят иши одил судлов асосида кўриб чиқилади ва якунда суд томонидан айблов ёки оқлов ҳукми чиқарилади», дея таъкидлади Долиходжаев.

Источник: http://kun.uz/00455228

Автокредит 0 фоиз

Ўзбекистонда 2019 йилга нисбатан автокредитларни бериш шартлари қанчалик ўзгарганлиги таҳлил қилинди. «Spot» нашрининг ёзишича, 2019 йил декабр ойида автокредит бўйича қарздорлар сони 2,7 бараварга ўсган.

2019 йил 1 июл ҳолатига кўра, Ўзбекистонда 85 мингта автомобил қарздорлиги бор эди. Бу 2018 йилнинг шу даврига нисбатан 2,9 ва 2017 йилга нисбатан 12 баравар кўп.

Ёпилмаган автокредитларнинг умумий сони 4519 ни ташкил этди, бу 2018 йилга нисбатан 2,7 баравар, 2017 йилга нисбатан 19 баравар кўп.

16 банк 2020 йил январ ойида автокредитларга бўлган юқори талабни қондиришга тайёр. 2019 йилдан асосий фарқ — бу ставкаларнинг ошиши. Aгар ўтган йили бу кўрсаткич ўртача 25–27 фоизни ташкил етган бўлса, ҳозир бу кўрсаткич деярли 30 фоизни ташкил этади.

Барча банклар шартларига кўра олдиндан тўловни амалга ошириш лозим. Қоида тариқасида, бу автомобил нархининг 30 фоизини ташкил этади, гарчи ундан кўпроқ ёки камроқ вариантлар бўлса ҳам.

Бир нечта банклар автокредитлар таклиф қилишмоқда — улар бўйича фоиз ставкаси омонат миқдори ва кредит бериш муддатига қараб ўзгаради.

Источник: http://xabar.uz/avtomobil/ozbekiston-banklari-taqdim

Ўзбекистон банклари автокредит беришни бошлади

2017 йилнинг июнь ойидан Ўзбекистон фуқаролари мамлакатимизда ишлаб чиқарилган автомобилларни кредитга сотиб олишлари мумкин. Мазкур мақолада «Асака» акциядорлик тижорат банки ва «Алоқабанк» акциядорлик тижорат банкининг автокредитлаш шартлари тақдим этилган.

Автокредит олиш учун банкларнинг талаблари

Кредитни расмийлаштириш учун ҳужжатлар рўйхати иккала банкда бир хил, булар:

  • паспортнинг асли ва унинг нусхаси;
  • яшаш жойидан маълумотнома;
  • охирги 12 ой учун олган даромади бўйича иш жойидан маълумотнома (ариза берувчининг лавозими, иш берувчининг номи ва СТИР кўрсатилган ҳолда);
  • ариза берувчининг СТИР ва ШЖБПҲ нусхаси, ШЖБПҲни сақловчи банкнинг коди;
  • автосалон билан шартнома.

Ҳужжатларни кўриб чиқиш муддати «Асака» АТБда 5 иш кунини, Алоқабанкда – 5 иш кунигача бўлган муддатни ташкил этади.

«Асака» АТБнинг шартлари

Жисмоний шахслар учун автокредитлаш муддати ушбу банкда 3 йилни ташкил этади. Фоиз ставкаси ариза берувчи олдиндан тўлов сифатида тўлайдиган бошланғич бадал суммасига боғлиқ:

  • машина қийматининг 35%игача – йиллик 18%;
  • қийматининг 45%игача – йиллик 17%;
  • машина қийматининг 45%идан юқори – йиллик 16%;
  • олдиндан тўловсиз – йиллик 23%.

Кредит бўйича тўлов 3 ойлик имтиёзли даврни ўз ичига олади, бунда қарздор асосий қарзни эмас, балки фақат фоизларни тўлайди.

Кредитлашнинг бошқа шартлари кўзда тутилган имтиёзли фуқаролар тоифасига иккаласининг ёши 30 дан ошмаган ёш оилалар киради. Улар учун ватанимизда ишлаб чиқарилган автомобилни сотиб олишга кредит унинг қийматининг камида 25%и олдиндан тўланадиган мажбурий шартда йиллик 9% асосида берилади. Ёш оилалар учун ҳам кредитлаш муддати уч ойлик имтиёзли давр билан 3 йилни ташкил этади. Кимни ёш оила деб ҳисоблаш мумкинлиги ҳақида қуйидаги ҳавола да батафсил ўқишингиз мумкин.

Автокредитлаш бўйича «Асака» банки билан шартнома тузилганда кредитни расмийлаштириш бўйича хизмат учун 0,5 ЭКИҲ миқдорида бир маротабалик тўловни ундиради. Асосий қарз суммаси тенг улушларда имтиёзли давр тугаган ойдан кейинги ойдан бошлаб кредитлашнинг бутун муддати давомида тўланади. Ҳар ойлик фоизлар асосий қарз қолдиғидан ҳисоблаб чиқарилади.

Ойлик тўловлар ўз вақтида амалга оширилмаганлиги учун ҳар бир муддати ўтказиб юборилган кун учун – асосий қарз суммасининг 0,1%и + ўтган давр учун фоизлар суммасининг 1/3 ҳисобида пеня ундирилади.

Автосалон билан шартномада сотиб олинаётган автомобилнинг қиймати АҚШ долларида кўрсатилади, тегишли сумма банк билан кредитлаш тўғрисида тузилган шартномада ҳам кўрсатилади. Бошланғич бадал ҳамда кейинги ҳар ойлик тўловлар миллий валютада Марказий банкнинг тўлов кунидаги курси бўйича амалга оширилади.

Қарз олувчи томонидан автосалондан автомобиль олинганидан кейин 5 кун ичида 3 йил учун суғурта расмийлаштирилиши ва банкка тақдим этилиши даркор. Шу пайтдан эътиборан машина гаров мулки саналади, кредит тўлиқ қоплангунига қадар уни сотиш, ҳадя қилиш, алмаштиришга тақиқ қўйилади. Гаровни суғурталаш ва нотариал расмийлаштириш билан боғлиқ барча харажатлар ариза берувчи зиммасига юклатилади.

Алоқабанк шартлари

Жисмоний шахслар учун автокредитлаш муддати мазкур банкда 4 йилни ташкил этади. Фоиз ставкаси унда ҳам бошланғич бадал суммасига боғлиқ бўлади:

  • машина қийматининг 30%игача – йиллик 16%;
  • қийматининг 40%игача – йиллик 15%;
  • машина қийматининг 50%идан юқори – йиллик 14%.
Читайте так же:  Отсрочка платежа основного долга

Олдиндан тўловсиз автомобилни кредитга олиш ушбу банкда кўзда тутилмаган. Шунингдек, қоплашнинг имтиёзли даври ва ёш оила аъзолари учун имтиёзли фоиз ставкалари ҳам мавжуд эмас.

Қарз олувчининг автосалон билан шартномаси бўйича маблағни ўтказиш масаласини кредит олиш учун ариза берилган пайтдан бошлаб 5 кун ичида кўриб чиқиш мумкинлигига Алоқабанкда бизни ишонтиришди.

Алоқабанк билан автокредитлаш бўйича шартнома тузишда кредитни расмийлаштириш хизмати учун қарз суммасининг 0,05%и миқдорида бир маротабалик тўлов ундирилади.

Асосий қарз суммаси шартнома имзоланган ойдан бошлаб кредитлашнинг бутун муддати мобайнида тенг улушларга бўлинган ҳолда тўланади. Ҳар ойлик фоизлар асосий қарз қолдиғидан ҳисоблаб чиқарилади.

Ҳар ойлик тўловларни ўз вақтида амалга оширмаганлик учун ҳам пеня ундирилади. Автомобилни суғурта қилиш ва уни гаров мулки тариқасида расмийлаштириш бўйича талаблар иккала банкда бир хил.

Видео (кликните для воспроизведения).

Автосалонларнинг талаблари

Бизга тушунтиришларича, айни вақтга қадар автосалонлар харидорларга фақат битта турдаги, кредитлаш назарда тутилмаган шартномаларни тақдим этишган. Ҳозирда автокредитлаш шартномалари бўйича ишлар ҳам бошлаб юборилган, бу ҳам ишлаб чиқарувчилар, ҳам дилерлар билан келишилган. Автосалон ва харидор ўртасида икки томонлама шартнома тузилади ва у банкка тақдим этилиши лозим.

Пойтахтимиздаги биз маслаҳат олиш юзасидан мурожаат этган иккита «Роҳат» ва «Driver’s Village» автосалонлари шартларига кўра, шартнома бўйича тўлиқ тўлов автомобиль олиш учун шартнома берилган кундан бошлаб 5 иш куни мобайнида амалга оширилиши зарур.

Кредитга сотиб олинган автомобилни етказиб бериш умумий шартлар асосида – танланган авто дилерда мавжуд бўлмаган тақдирда 60 иш куни мобайнида амалга оширилади.

Кредит бўйича тўловлар автомобиль етказиб берилгандан кейин эмас, балки кредит шартномаси тузилган пайтдан бошланади. Уни етказиб бериш муддатлари кредит берган банкка боғлиқ эмас.

Эслатиб ўтамиз, «GM Uzbekistan» компанияси жорий ойнинг бошида ўз сайтида мижозлари учун автомобиль сотиб олиш учун берилган аризанинг ҳолати ва долзарб нархларни кузатиб бориш имконини берувчи электрон хизматни йўлга қўйганини эълон қилган эди.

Саида Жонизоқова,

мухбиримиз.

Таҳририят маълумотларига кўра, яқин кунларда қатор банклар ҳам кредитлашнинг шунга ўхшаш турини йўлга қўйишади. Турли банкларнинг шартлари таҳлили ҳамда автокредитлаш ва автолизингнинг таққослаш келгуси материлларимизда бериб борилади.

Источник: http://www.norma.uz/bizning_sharhlar/uzbekiston_banklari_avtokredit_berishni_boshladi

Автокредит

низкий процент кредита в ташкенте. безлимитный интернет mb ums beeline ucell uzmobile, лучшая ставка по депозитам в банках узбекистана, самые дешевые мобильные тарифы в узбекистане, банковские услуги в узбекистане, и финансовые советы

  • + знак после суммы означает, что вы можете получить больше суммы, чем показано здесь, для всех типов кредитов нажмитездесь

Здесь вы можете найти и сравнить все микрокредиты, предлагаемые банками в Узбекистане info

Источник: http://sverka.uz/banki/fizicheskie-licza/kredity/avtokredit-2019/

HamkorBank возобновил автокредитование в 2019 году

Hamkorbank выдает авто кредит на новые и Б/У автомобили производства GM Uzbekistan, не старше пяти лет. Предоплата по кредиту составляет от 30%, процентная ставка — 30% годовых.

Автокредит выделяется в размере до 1 000 МРЗП ( 202 730 000 сумов) сроком на 2 года для новых автмообилей, и 1 год — для автомобилей с вторичного рынка.

Первоначальный взнос — предоплата по кредиту составляет, как минимум, 30% от стоимости автомобиля.

Стомиость кредита — 30% годовых.

Автомобиль, купленый в кредит будет находиться в залоге у банка, пока автокредит не будет полностью выплачен.

Кроме того, заёмщику необходимо застраховать автомобиль и риски невозврата кредита.

За более подробной информацией вы можете обратиться в ближайший филиал АКБ «Hamkorbank» или позвонив по телефону: 0 800 1-200-200, кроме того, можно воспользоваться калькулятором на сайте банка.

Источник: http://www.autostrada.uz/hamkorbank-avtokredit-2019/

Ishonchli avto kredit spark, lacetti, cobalt, matiz avto 60 oy boshlangich tolovsiz avto kredit imtiyozli kreditlar bugungi postimizda tepada keltirilgan masalalar bo’yicha maslaxatlashamiz

низкий процент кредита в ташкенте. безлимитный интернет mb ums beeline ucell uzmobile, лучшая ставка по депозитам в банках узбекистана, самые дешевые мобильные тарифы в узбекистане, банковские услуги в узбекистане, и финансовые советы

Ishonchli avto kredit spark, lacetti, cobalt, matiz avto 60 oy boshlangich tolovsiz avto kredit imtiyozli kreditlar bugungi postimizda tepada keltirilgan masalalar bo’yicha maslaxatlashamiz

Ishonchi kreditlarni qayerdan olsa bo’ladi ?
eng yahshisi Bankdan olgan maqulroq.
“avto kredit beradigan banklar tariflari bilan tarnishing, ammo postni oxirigacha o’qing”
Yoki ancha yillardan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan kredit tahskilotlaridan.

Avto 60 oy

Menimcha avto 60 oy xaqida eshitmagan odam qolmagan bo’lsa kerak Internet tarmog’ida xar hil gaplar tarqalib ketti avto 60 oy peramida ekan, mijozlarni aldashdi, avto oy yopilib ketti degan. Bgun 02.10.2019 ularning facebookdagi saxifasiga kirib ko’rdim ular o’z ish faoliyatini davom ettirmoqda Bu peramida yoki peramidamasligini bilmadim.

Agar qizaqayotgan bo’lsangiz avto 60 oy telefon qilib ular qanday ishlashini surab ko’ring va albatta o’ylab ko’ring ularga sizdan qanday naf ? Ular qanday foyda qilyapti ? Menga boshqa bir tashkilotni reklama qilishidi shunga o’xshashroq. 10.000 000 sum berar ekanman 1 yil kutar ekanman kegin ular 0% mashina berishar ekan 3 yilga Kechirasizku ularga nima naf ? sizni pulingiz aylantirishgan taqdirham ular 0% dan bera olishmaydi.

Agar shunday bo’lganda banklar allaqachon shunday tariflar qilishgan bo’lar edi. Menham boshida qiziqdim albatta ammo uylab qarasam bu xaqiqat bo’lishi uchun qiyinroq Qandaydur qop-qonga o’xshaydi shuning olmaslikga qaror qildim.

Imtiyozli avtokredit.

Ko’rgan bo’lsangiz bazi bir banklar o’qituvchilarga imtiyozli kredit beradi deyilgan Spark, damas eng xodovoy mashinalar chegaralangan ekan treker 190.000 000 va Malibu lar juda qimmat emasmi o’qituchilar uchun yillik 5 % deyilyapti agar 50% to’lasangiz treker uchun 80 000 000 boshlang’ich qilishga to’g’ri keladi menimcha bu qimmatlik qiladi.

Yana imtiyozli kredit deb 3 oy imtiyozli davri bo’lgan kredit tariflarini ham aytishadi bunda siz 3 oy tan narxini to’lamasdan % o’zini to’lasangiz bo’ladi degani bir tamonda bu ham qulay davlat ishida ishlaydigan xodimlar uchun yahshi Agarda siz davlat ishida yoki boshqa joyda ishlasangiz avto kredit olgan bo’lsangiz Mobodo ishdan bo’shab qolsangiz oylik kredit to’lovini berishga juda qiynalib qolishingiz mumkin shunda imtiyozli davr as qotadi shunda siz 3 oy ichida boshqa ish topib olishingiz mumkin bo’ladi.

Читайте так же:  Уменьшение суммы долга по алиментам

Boshlangich tolovsiz avto kredit

Men anchadan beri avto kredit olaman deb yurar edim ammo hali vohli ekan. Kredit % stavkasi juda baland agar ko’proq boshlang’ich qilsangiz to’lovingizga qarab % tushib boradi.

Mening maslaxatim iloji boricha boshlang’ich to’lovni kamroq qilish kerak deb o’ylayman maylin % sal balandoq bo’lsaxam. % stavka vaqt otgan sari pulning qadrsizlanishi sababli pasayib ketadi “Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi” Inflatsiya sababli yutishingiz mumkin shuning uchun bazi bir biznesmenlar puli yetsaham kredit oladi va o’z mablag’ini infilatsiya tasir qilmaydigan boshqa bir mulk ga tikadi.

Shuniham yodingizda tuting xar oylik to’lo’vingiz qancha bo’ladi va sizning oyligingiz qancha ? Bir amallirman deb kredit olib garavga qo’yilgan mashinasidan ham ajralib qolganlar qancha Mening fikrimcha kredit tolovingiz olgan oyligingizni ko’pi bilan 60% tashkil qilsa bir amallasa bo’ladi chunki siz kreditni yillab to’laysiz favqulotda xolatlar bo’lishini nazardan chetda qoldirmang Ishdan bo’shashingiz, kasal bo’lishingiz, va shunga o’xshash sizning moliaviy sharoitingizga katta tasir ko’rsatadigan xollar bo’lib turadi.

Источник: http://sverka.uz/blog-3/

Foizsiz kreditga avtomobil? Ha, endi buning imkoni bor!

Aziz yurtdoshlar ajoyib yangilik! Bizning kompaniyamiz “AvtoHamkor nol foiz” sizlarga Damas’dan tortib Malibu’gacha 36 oy muddatga yillik nol foiz bilan kreditga avtomobil olish imkoniyatini taqdim etadi!

Bizning kompaniyamiz avgust oyidan o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib hozirgi kunda ko‘plab mijozlarining avtomobil kalitlarini o‘z egalariga topshirib ulgurdi. Birinchi Cobalt rusumli avtomobil kalitini 12-oktabr kuni eksklyuziv shou uyushtirgan holda Xorazm viloyatidan kelgan hamyurtimiz Maxsudjon Yusupovichga va yana bir Nexia rusumli avtomobil kalitini Chirchiqdan kelgan Matraxim Suyunovichga topshirishdi.

Avtomobil egalari va shouga kelgan mehmonlarning yuzida iliq tabassum va quvonch bor edi, ular ichida ba’zilari “ertaga men ham hujjatlar bilan kelaman, avtomobilni tayyorlab qo‘yavering deya hazil qilardi”. Kompaniyamiz hozirgi kunga kelib Xamitov.Aga Nexia, Moldabekov.Nga Nexia, Mamasaliyev.Mga Cobalt rusumli avtomobil kalitlarini topshirdi.

Bizning kompaniyamiz quyidagi tariflarda kreditga avtomobillarni taqdim etadi:

  • 3 oylik tarif – boshlang‘ich to‘lov uchun avtomobilning salon narxidan 25 foizini to‘laysiz va 36 oy davomida oyma oy kreditni to‘lab borasiz. Yillik nol foiz.
  • 5 oylik tarif – boshlang‘ich to‘lov uchun avtomobilning salon narxidan 10 foizini to‘laysiz va 36 oy davomida oyma oy kreditni to‘lab borasiz. Yillik nol foiz.
  • 7 oylik tarif – boshlang‘ich to‘lov uchun avtomobilning salon narxidan 7 foizini to‘laysiz va 36 oy davomida oyma oy kreditni to‘lab borasiz. Yillik nol foiz.

Bizning kompaniyamiz avtomobili bo‘lishini orzu qilgan har bir hamyurtimizga orzusini ro‘yobga chiqarishni va bu yo‘lda ko‘plab qulayliklarni yaratib berishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Bizga murojaat qiling va o‘z avtomobilingiz egasiga aylaning!

Batafsil ma’lumot uchun:

+99 895 340 44 77

Ish vaqtimiz: Dushanba—Juma, 09:00—17:00

Manzil: Toshkent shahri Chilonzor tumani, “Chilonzor” metro, Integro SM 1-qavat, 116-xona

Источник: http://daryo.uz/2019/10/21/foizsiz-kreditga-avtomobil-ha-endi-buning-imkoni-bor/

Автокредит 0 фоиз

Eng qulay narxlarda o’z avtomobilingizga ega bo’ling. Hoziroq buyurtma bering.

«5 oy» tarifi

Chevrolet Sparkni «5 oy» tarifi bilan mutloqo 0% bilan sotib oling.

«7 oy» tarifi

Chevrolet Sparkni «7 oy» tarifi bilan eng arzon narxda sotib oling.

UzAvto Brendlari

Chevrolet Malibu

Chevrolet Malibu — bu Chevrolet kompaniyasidan interyerning sifatli qismlari, yuqori xavfsizlik darajasi va birinchi toifali yurish qismi tasnifiga ega bo‘lgan…

Chevrolet Captiva

Chevrolet Captiva — bu hammabop yo‘ltanlamas va oilaviy ixcham avtomobilning o‘zaro noyob uyg‘unlashuvi natijasidir.Avtomobil noodatiylikni ifodalovchi tashqi qiyofasi: jo‘shqinligi va…

Chevrolet Tracker

Chevrolet Tracker universallik, uslub va ixchamlikning birday mujassamligidir. Tracker komplektatsiyalarida xaridorlarga avtomatik kruiz nazorati, (BYOM2) (далее…)

Chevrolet Lacetti

Chevrolet Gentra — bu tashqi ko’rinishi hech qanday avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydigan avtomobil. To’g’ri nisbatlar, soddalashtirilgan (далее…)

Chevrolet Cobalt

Chevrolet Cobalt — bu GM korporatsiyasining Braziliy filialidagi dizaynerlar tomonidan GM avtomobillarini loyihalashtirish jarayonida dunyo miqyosidagi standartlardan (далее…)

Chevrolet Nexia 3 (Ravon R3)

Nexia 3 butunlay qayta ishlangan va oldingi modellardan tubdan farq qilgan. Bunga Chevrolet Aveo asos solingan. Технические параметры Nexia 3…

Avto yangiliklar

Hukumatning tonirovka haqidagi qarori bo‘yicha batafsil videoizoh e’lon qilindi

Tonirovka haqidagi hukumat qarorida faqat III klassdagi M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar o‘rnatishga ruxsat berilgani qayd etilgan ekan.…

“Vatanparvar” tashkiloti malaka oshirish kurslarini ochish uchun litsenziya olish ishlarini nihoyasiga yetkazmoqda

Yuridik shaxslarning haydovchilari malaka oshirishi bilan “Avtotest” o‘rniga “Vatanparvar” shug‘ullanadi.

Источник: http://avtohamkor0foiz.uz/

Автокредит 0 фоиз

GM Uzbekistan АЖ харидорларга қулайлик яратиш мақсадида бугунги кунда автокредит тақдим этаётган тижорат банклари фаолиятини ўрганиб чиқди.

Маълум бўлишича, бугунги кунда 18 та тижорат банки турли шартларда автокредит хизматини таклиф этишмоқда.

Улар орасида дастлабки тўлов миқдори 0% бўлган банклар ҳам мавжуд. Хусусан, “Равнақ банк”, “Ориент Финанс Банк”, “Туркистон банк” томонидан дастлабки тўлов мавжуд бўлмаган тақдирда ҳам автокредит тақдим этилмоқда. Бунда мижоз ўз томонидан кредит тўловининг гарови сифатида бозор баҳоси автомобиль нархидан 125% баланд бўлган мулкни ёхуд шунча миқдорда суғуртани амалга ошириши лозим бўлади. Бундай кредитларнинг муддати 36 дан 60 ойгача, йиллик ставкаси 24-28 %ни ташкил қилади.

Масалан, агар сиз Nexia 3 LT 2-поз. ХАТБ “Равнақ банк”нинг 5 йил муддатга йиллик 26% ставкада автокредитини расмийлаштирсангиз, ойлик тўлов ўртача 2,6 млн. сўмни ташкил қилади.

GM Uzbekistan томонидан ишлаб чиқарилган автомобиллар хариди учун тижорат банклари томонидан тақдим этилаётган автокредитларнинг батафсил шартлари билан қуйидаги ҳавола орқали келтирилган рўйхатда танишишингиз мумкин.

Источник: http://xabar.uz/avtomobil/3-ta-bank-boshlangich-tolovsiz-avtokredit-taqdim-etmoqda

Ўзбекистонда қайси банклар янги автомобил олиш учун автокредит бермоқда?

Банк нафақат иккиламчи, балки бирламчи бозордан автомобиллар харид қилиш учун кредитлар ажратишни бошлади. Кредитлар уч йилгача муддатга (имтиёз даврисиз) 1 000 ЭКИҲ дан ошмаган миқдорда берилади. Йиллик фоиз ставкаси дастлабки тўлов миқдорига боғлиқ. Агар у 25 фоиздан 34 фоизгача бўлса, ставка 24 фоиз; 35—49 фоиз учун 22 фоиз; 50 фоиз ва ундан ортиғи учун 20 фоиз.

Читайте так же:  Этапы разрешения трудового спора

Автокредитнинг гаров депозити 30 фоиздан 25 фоизга қисқарган. Кредит муддати — 4 йил, фоиз ставкаси — 20 фоиз.

Кредит уч йилдан ортиқ бўлмаган муддатга, кредитни қайтариш муддатини узайтириш ҳуқуқисиз берилади. Фоиз ставкаси дастлабки тўловга боғлиқ — агар у 30 фоиз бўлса, ставка 24 фоиз; 40 фоиз учун 23 фоиз ставка; 50 фоиз учун эса 22 фоиз.

Asia Alliance Bank

Мазкур банкда максимал фоиз ставкаси пасайган — у февраль ойида 28 фоизни ташкил этган бўлса, энди 26 фоиздир. Кредитлар уч йилдан беш йилгача муддатга берилади, дастлабки тўлов миқдори — 25 фоиздан кам бўлмаган. Фоиз ставкалари — 24, 25 ва 26 фоиз.

Автокредитлар икки шаклда таклиф этилмоқда: қисқа муддатли (бир йилгача болган муддатга) ва узоқ муддатли (уч йилгача). Биринчи ҳолатда фоиз ставкаси 24 фоиз, иккинчисида 28 фоиз.

Банк автомобилларни бирламчи бозордан сотиб олиш учун автокредитлар бера бошлади. Шартлари — ЭКИҲ 1000 бараваригача, муддат 36 ойгача, минимум 30 фоиз дастлабки тўлов, минимал фоиз ставкаси 25 фоизгача. Иккиламчи бозордан автомобиль харид қилиш учун шартлар бошқача.

Банк уч йиллик муддатга йиллик 20 фоиз ставкали автокредитлар бермоқда. Кредит суммаси — ЭКИҲнинг 700 баробаригача, депозит миқдори автомобиль қийматининг 25 фоизидан кам бўлмаслиги лозим.

Кредит 36 ойгача бўлган муддатга, 250 миллион сўмдан ортиқ бўлмаган суммага берилади. Дастлабки тўлов 49 фоизгача бўлганда йиллик 25,5 фоиз ставка, 50 фоиздан ортиғи учун йиллик 24 фоиз ставка.

Orient Finance Bank

Автокредит 48 ойдан кўп бўлмаган муддатга, 300 миллион сўмдан ортиқ бўлмаган суммага берилади. Ставка дастлабки тўлов миқдорига боғлиқ: 25 фоиз тўловда 22 фоиз ставка, 50 фоиз ва ундан ортиғи учун 20 фоиз. Дастлабки тўлов амалга оширилмаган ҳолатда (кредит суммасининг 50 фоизидан кам бўлмаган мол-мулкни гаров сифатида тақдим этиш эвазига) — 23 фоиз йиллик ставка билан.

Автокредит 4 йилга берилмоқда. Фоиз ставкаси 26 фоиз, сумма — ЭКИҲнинг 1000 баробаригача.
“Замин” янгиликларини “Инстаграм”да кузатиб боринг

Источник: http://zamin.uz/avto/39772-uzbekistonda-qaysi-banklar-yangi-avtomobil-olish-uchun-avtokredit-bermoqda.html

Автокредит 0 фоиз

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog‘i orqali sotiladigan «GM Uzbekistan» AJ avtomobillarini olish uchun «Asia Alliance Bank» tomonidan jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlari beriladi.

Kreditlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek, bankning mintaqaviy filiali mavjud hamda bankda milliy valyutada talab qilingan darajagacha depozit hisob raqami ochilgan viloyatlarda doimiy ish o‘rni va propiskaga ega jismoniy shaxs — rezident (qarz oluvchi)ga beriladi.

Kredit qarz oluvchi tomonidan avtomobil narxining 25 foizi miqdori dastlabki badal to‘lovi ko‘rinishida to‘lash sharti bilan avtomobil narxining 75 foizi miqdorida beriladi.

Kreditlashning to‘liq muddati uchun sug‘urta mukofoti so‘ralgan kredit summasi tarkibiga kiritilishi mumkin. Faqat kreditlashning to‘liq muddatida uning yillik miqdori avtomobil narxining 1,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Foto: «Xalq so‘zi online»

Bankda kredit garovi sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

— kredit hisobiga olinayotgan avtotransport vositasi (asosiy garov)i;

— bank talabini qondiradigan boshqa ta’minot turlari (qo‘shimcha).

Bunda garov summasi kredit summasining 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini qoplashi kerak. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarz va foizlar har oyda teng miqdorda (annuitet) to‘lab boriladi.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Kredit olish uchun ariza.

2. Ish joyidan oxirgi 12 oy davomida olgan daromad hajmini tasdiqlovchi ma’lumotnoma yoki shu kabi boshqa hujjat.

3. Yashash joyidan ma’lumotnoma.

4. Avtomobil sotib olish shartnomasi.

5. Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va INN olganlikni tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma) nusxalari.

Источник: http://xabar.uz/uz/avtomobil/yana-bir-bankdan-avtokredit-ochildi-bu-safar-5-yil-muddatgacha

2019 yil O’zbekiston banklar >

Spot 2018 yilning oktyabr oyidan buyon O‘zbekiston banklarida avtokreditlar berilish shartlari qanday o‘zgarib borganini kuzatuv ostiga oldi.

“Spot” 2018 yil fevral, iyul va oktyabr oylarida O‘zbekiston banklarida berilayotgan avtokreditlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ulashgan edi.

O‘shandan beri ushbu bozorda juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi: ba’zi banklarda avtokredit berish to’xtatildi, shartlar va foiz stavkalari o‘zgardi. Birlamchi bozordan yangi avtomobil sotib olishda beriladigan avtokreditlar bu kuzatuvdan mustasno.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

O‘zbekiston milliy banki

Kreditning maksimal miqdori — 70%gacha, boshlang‘ich to‘lov — 30%. Garov sifatida avtomobilning o‘zi qo‘yiladi, shu vaqtgacha esa — moliyaviy holati barqaror yuridik shaxsning kafolati, sug‘urta polisi va garovning boshqa ko‘rinishlari talab etilardi. Foiz stavkasi haqida ma’lumotlar yo‘q, lekin kalkulyatsiya bor.

“O‘zsanoatqurilishbank”

2018 yili avtokreditlar iste’mol kreditlari sahifasida berilgan edi, hozirda esa mavjud emas.

“Qishloq qurilish bank”

Kredit to‘rt yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi, boshlang‘ich to‘lov miqdori 30%dan kam emas. Foiz stavkasi — shartnoma asosida, imtiyozli davri — 6 oy.

“Turonbank”

Kreditlar yillik foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqadi. Agar to‘lov miqdori 25%dan to 34%gacha bo‘lsa, u holda stavka 28%; agar 35−50% bo‘lsa, unda 26%; agarda 50%dan ko‘p bo‘lsa, unda 24%.

“Aloqabank”

2018 yili avtokreditlar sahifasi mavjud edi, hozirda esa mavjud emas.

“Ipak Yo‘li” banki

Bu yerda shart o‘zgargan. Kreditni 36 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 25% ni tashkil etadi, foiz stavkasi — 23,8%.

“Kapitalbank”

2018 yil Bank saytida avtokreditni 45 daqiqada rasmiylashtirish mumkin bo’lgan sahifa mavjud edi, hozirda esa mavjud emas.

“Asia Alliance Bank”

Bu yerda kredit berish shartlari o’zgardi:

Boshlang’ich badal miqdori

Видео (кликните для воспроизведения).

Источник: http://www.spot.uz/oz/2019/01/10/avtokredit/

Автокредит 0 фоиз
Оценка 5 проголосовавших: 1

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here